AQSH G‘azoda port o‘rnatmoqchi

Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektori qirg‘og‘iga gumanitar yordam yetkazish maqsadida mintaqada muvaqqat dengiz porti qurish uchun mo‘ljallangan asbob-uskuna ortilgan birinchi kemani yubordi. Bu haqda Qurolli kuchlar Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgan.

“9-mart kuni general Frank Besson Lengli-Yuustis qo‘shma bazasidan Sharqiy O‘rta yer dengiziga yo‘l oldi”, – deyilgan bayonotda.

Avvalroq Prezident Jo Bayden harbiylarga G‘azo sektori sohilida vaqtincha port yaratish bo‘yicha ko‘rsatma bergani, bu eksklavga O‘rta yer dengizi bo‘yidagi mamlakatlardan yordam yetkazish imkonini yaratishini ma’lum qilgan edi.

Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder fikricha, suzuvchi harbiy portni qurish 60 kun davom etishi mumkin.

O‘zA

Powered by GSpeech