JSST bu hafta COVID-19ning yangi holatini aniqlaydi

JSST bu hafta COVID-19ning yangi holatini aniqlaydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Favqulodda qo‘mitasining shu hafta bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida bundan buyon COVID-19 global pandemiya bo‘lib qolishi yoki qolmasligini aniqlash masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.

“JSST Qo‘mitaning yig‘ilishida favqulodda holat e’lon qilinganidan deyarli uch yil davomidagi COVID-19 bilan aloqador davr tahlil qilinadi, tayyorgarlik darajamiz, pandemiya holatidan chiqish mavzulari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, global pandemiya holatining bugungi darajasiga baho beriladi”, dedi Gebreyesus. Uning qo‘shimcha qilishicha, “bu yig‘ilishdan qanday qaror chiqishidan avval ko‘plab mamlakatlardagi vaziyat va o‘limlarning ko‘payib borayotgani xavotirga solmoqda”.

2023 yil 15 yanvariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 662 milliondan ortiq tasdiqlangan koronavirus va 6,7 milliondan ziyod o‘lim holatlari qayd etilgan.

 

O‘zA

Powered by GSpeech