Mamlakatimiz delegatsiyasi AQSH Maxsus vakillari bilan uchrashdi

Mamlakatimiz delegatsiyasi AQSH Maxsus vakillari bilan uchrashdi

Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat Departamentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Vest hamda AQSHning Afg‘on ayollari, qizlari va inson huquqi bo‘yicha Maxsus vakili Rina Amiriy bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish, ushbu yurt iqtisodiyotini tiklash, bu yerdagi murakkab ijtimoiy-gumanitar vaziyatni hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish istiqboli muhokama qilindi. 

AQSH Maxsus vakillari ta’kidlashicha, joriy yil iyul oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya mazkur davlatdagi vaziyatni yo‘lga solish borasida jahon hamjamiyatining izchil yondashuvini ishlab chiqish uchun samarali maydon yaratdi.

Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatni jadallashtirish va tizimlashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan Termiz shahrida tashkil etilgan Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazib berish uchun Ko‘p funksiyali transport-logistika xabidan unumli foydalanish muhimligi e’tirof etildi.
 

O‘zA

Powered by GSpeech