Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklardan Rossiyadagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni so‘radi

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklardan Rossiyadagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni so‘radi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida turli xabarlar tarqaldi.

Migratsiya agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘ragan.

 

Eslatilishicha, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.

 
 

Bundan oldin Rossiyada safarbarlikka qarshi norozilik namoyishlariga chiqish chaqiriqlari yangray boshlagandi.

Xususan, «Vesna» yoshlar harakati Putin «qisman safarbarlik»ni e’lon qilgan kuni umumrossiya norozilik aksiyasi o‘tkazilishi haqida e’lon qildi. Faollar barcha shaharlar aholisini mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da ko‘chaga chiqishga chaqirgan.

Kun.uz

Powered by GSpeech