OAV: Myanma hukumati pasport berishni butunlay to‘xtatdi

OAV: Myanma hukumati pasport berishni butunlay to‘xtatdi

Myanma hukumati o‘tgan hafta o‘z fuqarolariga pasport berishni to‘xtatdi, deb yozmoqda The Irrawaddy nashri.

O‘tgan hafta harbiy hukumat fuqarolarga pasport berishni va uning muddatini uzaytirishni, shuningdek, yangi pasport uchun arizalarni qabul qilishni butunlay to‘xtatdi. Pasport berishning to‘xtatilishiga nima sabab bo‘lgani aytilmagan.

Jamoatchilik tashkilotlari faollarining ta’kidlashicha, bundan maqsad xalq mudofaasi kuchlariga xorijda ishlayotgan myanmalik fuqarolardan pul mablag‘lari kelishini qisqartirish bo‘lgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, qarshilik kuchlari harakatiga eng ko‘p pulni Malayziyada ishlayotgan myanmalik migrantlar jo‘natmoqda.

Kuzatuvchilarning aytishicha, harbiylar muxolifat kayfiyatida bo‘lgan myanmalik fuqarolarning ishchi-migrant ko‘rinishida mamlakatdan chiqib ketishiga ham to‘sqinlik qilmoqda. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning hisob-kitobicha, ichki mojarolar davom etayotani sababli  iqtisodiy qiyinchiliklardan qochib  har oyda kamida 40 ming kishi mamlakatni tark etmoqda. Ular asosan Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya va Yaponiyaga ketmoqda.

O‘zA

Powered by GSpeech