Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli kengash aʼzoligiga qabul qilish haqidagi qarorni oʻqib eshittirdi. Ahmad Toyyib janoblari oʻz soʻzida Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan koʻplab ulamolar orasidan faqatgina Oʻzbekiston muftiysi aʼzo qilinganiga alohida urgʻu qaratdi.
Yigʻilishda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi va taniqli ulamolari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari tarixiy voqea boʻlganini taʼkidlab, yurtimizdagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuksak eʼtirof etdi.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari yurtimizda davlatimiz Rahbari rahnamoliklarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning yuksak eʼtirofi boʻldi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati