O‘zbekiston tog‘ ekotizimi bo‘yicha xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni chuqurlashtiradi

O‘zbekiston tog‘ ekotizimi bo‘yicha xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni chuqurlashtiradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda tog‘larni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yuqori darajadagi yig‘ilishda ishtirok etdi.

Nyu-York shahrida Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida tog‘larni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yuqori darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tashkilotchilaridan biri Qirg‘iziston tomoni bo‘ldi. Unda BMTga a’zo davlatlar va tashkilot agentliklari delegatsiyalari ishtirok etdi.

 

Uchrashuv ishtirokchilari tog‘li hududlar ekotizimlarini yaxshilash, ularda istiqomat qiladigan aholi farovonligini oshirish, muzliklarni saqlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

 
 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatda tog‘li hududlarni rivojlantirish, ular aholisi ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. “Yashil kun tartibi”ni targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash va tabiiy resurslardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish bo‘yicha sa’y-harakatlar qayd etildi.

O‘zbekiston tog‘ ekotizimini muhofaza qilish ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekani ma’lum qilindi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh assambleyasi 76-sessiyasida taklif etilgan butunjahon ekologik xartiyasini ishlab chiqish dolzarbligi ta’kidlandi.

Kun.uz

Powered by GSpeech