O‘zbekiston elchisi Qatar TIV Xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar tashqi ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri Lulva Roshid al-Xotir uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Muloqot chog‘ida insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish, ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish, ta’lim sifatini oshirish hamda madaniy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar jahonning turli hududlarida sodir bo‘layotgan nizolardan jabr ko‘rayotgan aholiga yordam ko‘rsatish, ularga birlamchi mahsulotlarni yetkazib berish masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdi.
O‘zbekiston va Qatar xalqlarini yanada yaqinlashtirish, o‘zaro urf-odatlar bilan tanishtirish maqsadida birgalikda madaniy tadbirlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ta’lim sifatini oshirish, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 26.03.2024
- Ko'rishlar: 1893
- Chop etish