Qayd etilishicha, oʻzbekistonliklar uchun yevropa davlati payvandchi va elektrik kasblari boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari taklif qilgan.
Nomzodlar uchun oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangan keyin). Oʻzbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan qopalanadi.
Nomzodlar 18–40 yosh orasida boʻlishi, nemis tilidan Gyote, ECL, ÖsD yoki Telcʻdan olingan B1 sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
Shuningdek, elektrik yoki payvandchi sohalarida kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi hamda sohada kamida bir yillik tajriba talab etiladi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu havoladan foydalanish mumkin.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati