O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatarning Education Above All jamg‘armasi bosh ijrochi direktori Fahad Al-Sulaytiy bilan muzokara o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ta’lim sohasida keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari va Education Above All jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash muhimligini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekistonda "yashil" ta’lim, iqlim o‘zgarishi, inklyuziv ta’lim kabi ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 27.03.2024
- Ko'rishlar: 1880
- Chop etish