Uchrashuvda Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, kelgusi tadbirlar jadvali batafsil muhokama qilindi.
Suhbat chogʻida oʻzaro aloqalar 2023-yili yangi bosqichga oʻtgani taʼkidlandi. Samarqand (2023-yil 5-6-iyun) va Doha (2023-yil 2-oktyabr) sammitlari tarixiy ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralariga eshik ochdi.
Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davr boshlangani taʼkidlandi.
“Biz oʻzaro madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Qatarlik hamkorlar bilan mustahkam rishtalar bogʻlanib, qoʻshma loyihalar faol amalga oshiriladi, degan niyatdamiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati