2022 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida 2023 yilni “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili” deb e’lon qilishni taklif etgan.
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoyda bu yil asosiy e’tibor akademik va talabalar almashinuvi dasturlariga, yoshlar forumlari va sport musobaqalarini o‘tkazishga qaratiladi.