Yangi media kelajagi sari: Nayrobida ikkinchi Oq kitob taqdim etildi

Birlashgan Arab Amirliklari WAM axborot agentligi Keniya poytaxti Nayrobi shahrida global Media kongressining media sanoatidagi tendensiya, muammo va imkoniyatlar tahliliga bag‘ishlangan ikkinchi “Oq kitobi”ni taqdim etdi. Asar tobora murakkablashib borayotgan media muhitida hal qiluvchi OAV yetakchiligini ta’kidlaydi.

Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda soha yetakchilari, hukumat vakillari, ilmiy doiralar vakillari va nufuzli shaxslar “Oq kitob”ning asosiy mavzulari, jumladan auditoriya hatti-harakatini rivojlantirish, texnologiya, sport va ekologiya jurnalistikasining ahamiyati masalalari muhokama qilindi. Keniya va boshqa davlatlarda OAVga zamonaviy texnologiyani joriy qilishda yuzaga keladigan muammolar, bu boradagi mavjud imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Jurnalistlarni yangi texnologiya bilan ishlashga tayyorlash, mintaqaviy jurnalistika uchun IT vositalarini mahalliylashtirish uchun o‘quv dasturlarini moslashtirish zarurligi e’tirof etildi.

Ab-u-Dabida bo‘lib o‘tgan ikkinchi global Media kongressi sarhisobi bo‘lmish “Oq kitob”da sun’iy intellektning ta’siri, amaliyotda ma’lumotning roli, ekologiya va sport jurnalistikasi rivoji singari media industriyasi kelajagini ta’minlaydigan asosiy masalalar tahlil etilgan. Tajribali xalqaro ekspertlar fikr-mulohazalari keltirilgan, media sanoati oldida turgan muammolarga urg‘u berilgan.

WAM bosh direktori Muhammad Jalol Ar-Raisiy “bugungi kun ulkan o‘zgarishlar ostonasida turgan media-industriya yetakchilardan qat’iy sa’y-harakat talab qilishi”ni ta’kidladi.

Zero, kelajak uchun barqaror media-industriya yaratishga bo‘lgan ishonch va sadoqat OAV rahbarlari kelajakdagi muammolarni yengib o‘tishga tayyorligini tasdiqlaydi.

Shahnoza Toshtermirova, O‘zA

Powered by GSpeech