Ayol sudyalar sonini oshirish maqsadida 2023/2024 o‘quv yilida xotin-qizlarga qo‘shimcha 12 ta kvota ajratildi

Ayol sudyalar sonini oshirish maqsadida 2023/2024 o‘quv yilida xotin-qizlarga qo‘shimcha 12 ta kvota ajratildi

O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga ko‘ra, sudyalar orasida xotin-qizlar ulushini 2025 yilda 20 foizga, 2030 yilda 30 foizga yetkazish nazarda tutilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda sudyalar orasidagi xotin-qizlarning ulushi 14 foizga yetdi (bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 51%, Rossiyada 66%, Sloveniyada 70%, Portugaliyada 75%).

➖Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2023/2024 o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilingan.

➖Tahsillar davlat granti asosida amalga oshirilib, tinglovchilar oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

➖O‘quv jarayonlari Sudyalar oliy maktabi binosida olib boriladi, ayol tinglovchilarga o‘zlari istiqomat qiluvchi hududdagi sudlarda amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etiladi (amaliyot o‘tash jami o‘qish davrining qariyib yarmini tashkil qiladi).

➖Hujjatlar 2023 yilning 5 iyuniga qadar qabul qilinadi.

 «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati

 

Powered by GSpeech