JSST bolalar o‘limi bilan bog‘liq holatlarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi

JSST bolalar o‘limi bilan bog‘liq holatlarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi

2022 yil davomida O‘zbekiston, Gambiya va Indoneziyada, asosan, 5 yoshgacha bo‘lgan 300 nafardan ziyod bola buyrak faoliyatida kuzatilgan jiddiy muammo sabab vafot etdi. JSST bayonotiga ko‘ra, ayni raqam yo‘talga qarshi siropdan zararlanish bilan bog‘liq.

Ma’lum bo‘lishicha, bunday preparatlar tarkibida dietilenglikol va etilenglikol moddalari borligi aniqlangan.

“Zaharli kimyoviy moddalar sanoatda erituvchi va antifriz sifatida qo‘llanadigan ushbu moddalar, hatto, oz miqdori ham o‘limga olib kelishi ehtimoli yuqoriligi tufayli hech qachon dori-darmon tayyorlashda ishlatilmasligi kerak” — deyiladi bayonotda.

Ayni payt xuddi shunday dorilar Filippin, Timor-Leste, Senegal va Kambojada ham sotilayotgan bo‘lishi mumkin, deb yozgan “Reyter”.

G. Abdullayeva, O‘zA  

Powered by GSpeech