Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan birga 15 ta yangi modda va bitta yangi bob kiritilmoqda

Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan birga 15 ta yangi modda va bitta yangi bob kiritilmoqda

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan.

2022-yil 24-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda fraksiya aʼzolari Qonunchilik palatasi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari asosida qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyevning yozishicha, qonun loyihasining umumxalq muhokamasi 2 oydan koʻp vaqt mobaynida aholining barcha qatlamlarini qamrab olgan holda, ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida tashkil etildi.

Natijada Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan birga 15 ta yangi modda va bitta yangi bob kiritilmoqda. Loyihada fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan.

Fraksiyalar qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasiga kiritish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech