Inson huquqlari tashkilotini tugatish uchun sudga 20 daqiqadan kamroq vaqt kerak bo‘ldi. Yopilishning rasmiy sababi - MHG a’zolarining «o‘z mintaqasidan tashqarida», ya’ni Moskvadan tashqarida tadbirlarda ishtirok etishi.
Inson huquqlari tashkilotining yopilishiga rasmiy sabab prokuratura talabi bilan noyabr oyida o‘tkazilgan rejadan tashqari tekshiruv natijalari bo‘lgan. Rossiya Adliya vazirligining da’volari MHG vakillarining mamlakatning boshqa mintaqalarida, Moskvadan tashqarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ishtirok etishi va shu bilan «hududiy faoliyat chegaralarini» buzganligida edi.
Moskva Helsinki guruhi hamraisi Valeriy Borshchov sudning xatti-harakatlariga norozilik bildirib, shunday dedi: «Siz katta gunoh qilyapsiz. Inson huquqlari harakatini yo‘q qilyapsiz, uni yo‘q qilyapsiz! Siz bizning taqdirimizni osonlik bilan hal qilyapsiz, Bu meni hayratga solyapti. Qanday qilib o‘nlab yillar davomida qurilgan narsalarni shu qadar osonlik bilan buzish mumkin!»
Sud majlisida MHG vakillari huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotning «rejadan tashqari tekshiruvi»ni noqonuniy deb topishni talab qildi, biroq sud arizani qanoatlantirishni rad etdi. Himoya tarafidan sudga guvohlarni chaqirish ham taqiqlangan.
O‘z navbatida, Adliya vazirligi vakillari MHG tekshiruv davomida kerakli hujjatlar to‘plamini to‘liq taqdim etmaganini, tashkilot ustavi esa «qonunning amaldagi talablariga javob bermasligini» ta’kidladi. Idora qonunbuzarliklarni «qonun bilan bartaraf etib bo‘lmaydigan» deb hisobladi va MHGni tugatish, Rossiyada uning faoliyatini taqiqlashni talab qildi.
Moskva Helsinki guruhi Rossiyada 1976 yil may oyidan beri mavjud. MHG asoschisi va birinchi rahbari sovet fizigi va huquq himoyachisi Yuriy Orlov edi. 1996 yildan umrining oxirigacha (2018 yil) Moskva Helsinki guruhiga huquq himoyachisi Lyudmila Alekseyeva raislik qildi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 26.01.2023
- Ko'rishlar: 255
- Chop etish