Yaponiya mehnatga haq to‘lash bo‘yicha gender tafovutni bartaraf etish ustida ishlamoqda

Yaponiya mehnatga haq to‘lash bo‘yicha gender tafovutni bartaraf etish ustida ishlamoqda

Yaponiya “Katta yettilik” davlatlari orasida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha eng yuqori gender tafovut ko‘rsatkichi (22 foiz)ga ega mamlakat sifatida Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tuzilgan “Global Gender Gap” reytingida 116- o‘rinni egallagan. Mamlakat qonunchiligida esa erkaklar va ayollar bir xil ish uchun teng haq olishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Bu mamlakatda joriy yil iyun oyidan boshlab korxonalar mehnatga haq to‘lash bo‘yicha gender tafovutini foiz ko‘rsatkichida kompaniyaning veb-saytida aks ettirgan holda ko‘rsatishi va har bir tafovut uchun jiddiy sabab keltirishi lozimligi belgilandi. Qoida 300 dan ziyod xodimi bor har qanday kompaniya va 18 000 firmaga nisbatan qo‘llanadi. Bu o‘zgarishlar Bosh vazir Fumio Kisidaning ishchi kuchi yetishmasligi va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish bilan bog‘liq muammolarni yechishga qaratilgan “yangi karitalizm” bo‘yicha harakatlar rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

G. Abdullayeva tayyorladi.

O‘zA  

Powered by GSpeech