Inson huquqlari bo'yicha hisobot

Inson huquqlari bo‘yicha hisobotlar

Markaz inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiq BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga milliy ma’ruzalarni tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha asosiy ijrochi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar Markaz BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga 46 ta davriy hisobotlar taqdim etgan.

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga Markaz tomonidan topshirilgan hisobotlar

T/r

BMTning inson huquqlari sohasidagi shartnomalari nomi

Topshirilgan davriy hisobotlar soni

1.       

Universal davriy sharh

4 ta

2.       

Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya

14 ta

3.       

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt

3 ta

4.       

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt

5 ta

5.       

Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya

6 ta

6.       

Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiya

6 ta

7.       

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya

5 ta

8.       

Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya

1 ta

9.       

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokol

1 ta

10.   

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokol

1 ta

Jami

46 ta

 

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga Markaz tomonidan topshirilgan hisobotlar haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting:

https://tbinternet.ohchr.org/_layouts/15/TreatyBodyExternal/Countries.aspx?lang=ru

 

Powered by GSpeech