Inson huquqlarining muhim turlaridan biri - ikkinchi avlod inson huquqlariga doir ijtimoiy-iktisodiy va madaniy huquqlar. Ularni amalga oshirish kafolatlari to'liq davlatga bog'liqdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar insonning yashash sharoitlarini, o'z qobiliyatlaridan foydalanishini, insonning avtonomligi va jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarini, shuningdek uning ijtimoiy himoyalanganligini belgilaydi.
Madaniy huquqlar insonning konstitutsiya yoki qonun bilan kafolatlangan va insonning madaniy hamda ilmiy sohada o'zini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadigan inson huquqlari va erkinliklarining maxsus majmuidir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida quyidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar kafolatlangan:
- shaxsiy mulkka ega bo'lish huquqi (36-modda);
- mehnat va dam olish huquqi (37,38-moddalar);
- ijtimoiy ta'minot olish huquqi (39-modda);
- malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi (40-modda);
- bilim olish huquqi (41-modda);
- ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish erkinligi (42-modda);
- iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini huquqi (53-modda);
- ota-onalar va bolalarning bir-birlariga g'amxo'rlik qilishdagi teng huquq va majburiyatlari (64, 66-modda).