Inson huquqlari sohasida ta'lim – bu inson huquqlari bo'yicha bilim, ko'nikma va dunyo qarashni shakllantirish orqali inson huquqlari umumiy madaniyatni yaratishga yo'naltirilgan tizim va maqsadli xarakatlar.
Inson huquqlarini faqat inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni tarqatish orqali amalga oshirish mumkin. Inson huquqlari bo'yicha ta'lim barcha insonlarni o'z huquqlari va boshqalarning ham huquqlarini himoya qilishga undaydigan qadriyatlar, e'tiqod va munosabatlarni ilgari suradi. U har bir shaxsning har qanday jamiyatda inson huquqlarini hayotda amalda bo'lishidagi umumiy mas'uliyatini haqidagi tushunchani rivojlantiradi.
Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissar Boshqarmasi “Inson huquqlari sohasidagi ta'lim bo'yicha milliy xarakatlar rejalari”ni ishlab chiqdi. Ushbu rahbariy tamoyillar davlatlarga Inson huquqlari sohasidagi ta'lim bo'yicha Milliy xarakatlar rejalarini ishlab chiqishda yordam berishga mo'ljallangan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasiga muvofiq “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida “BMTning Inson huquqlari sohasida o'qitish va tayyorlash to'g'risidagi Deklaratsiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy xarakat dasturini ishlab chiqildi.
Inson huquqlari sohasida o'qitish va tayyorlash to'g'risidagi BMT Deklaratsiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy xarakat dasturi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan va O'zbekiston parlamenti tomonidan tasdiqlangan.