Elektron pochtani yaratish bo‘yicha ishlar XX asrning 60-yillari boshidan boshlab olib borilgan. Ammo o‘sha paytda mavjud bo‘lgan dasturlar nomukammal bo‘lgan. Masalan, pochta mijozi xabarlarni faqat bitta meynframe (katta kompyuter) ichida yo‘naltirishi mumkin edi.
1971-yilda dasturchi Raymond Tomlinson Internetning "ajdodi" bo‘lgan ARPANET tizimida elektron pochta dasturini kiritdi.
Bu turli xil xostlarda foydalanuvchi elektron pochta xabarlarini yetkazib berishga qodir birinchi tizim edi. Bunga erishish uchun Rey foydalanuvchi nomini kompyuter nomidan ajratib turadigan "kuchukcha - @" belgisidan foydalangan. Ushbu sxema hanuzgacha elektron pochta manzillarida qo‘llaniladi.
Ta’kidlash joizki, elektron pochtada "kuchukcha - @" belgisi barcha mamlakatlarda ham qo‘llanilmaydi:
Polsha va Germaniyada – qog‘oz qisqichi yoki maymun;
Turkiyada – atirgul;
Italiyada– shilliqurt;
Amerika va Finlyandiyada – mushuk;
Xitoy va Tayvanda – sichqon.
Yevropa va Amerikada elektron pochta «email» yoki «e-mail» deb yoziladi. Ruscha orfografik lug‘atida kiril yozuvida «imeyl» sifatida qayd etilgan.
Birinchi elektron xat – A. Linkolnning 1863-yilda Gettisberg shahrida so‘zlagan nutqidan iqtibosdir. U bosh harflar bilan yozilgan.
@ belgisi ilk marta AQSH harbiy tarmog‘ida qo‘llanilgan.
Pochta xizmatlarida o‘rnatilgan eng keng tarqalgan parol raqamlar to‘plami – 123456 hisoblanadi, u hali ham ko‘plab Internet foydalanuvchilari tomonidan qo‘llaniladi.
- Qo'shildi: 04.10.2024
- Ko'rishlar: 750
- Chop etish