Qo‘shma Shtatlarda millionlab amerikaliklar g‘ayritabiiy sovuq va bo‘ronlarning salbiy oqibatlarini boshdan kechirdilar. “CBS News” telekanali xabariga ko‘ra, Tinch okeanining shimoli-g‘arbiy sohilidagi Oregon shtatida muzli bo‘ron tufayli favqulodda holat joriy etilgan.
Pensilvaniya, Kaliforniya va Indiana shtatlarida esa ekstremal ob-havo sharoiti tufayli elektr energiyasi uzilib qoldi. O‘tgan hafta davomida mamlakat bo‘ylab noqulay ob-havo sabab bo‘lgan baxtsiz hodisalarda 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, joriy haftaning birinchi kunlarida ham sovuq ob-havo sharoiti davom etadi. Qo‘shma Shtatlarning ko‘plab mintaqalarini qamrab olishda davom etayotgan qutbli sovuqning salbiy oqibatlari 100 milliondan ortiq odamga ta’sir ko‘rsatdi. Tennessi shtati ma’muriyati aholidan elektr energiyasini tejashni so‘ragan.
O‘zA
- Qo'shildi: 23.01.2024
- Ko'rishlar: 2478
- Chop etish