Axborotdan foydalanish, institutsional javobgarlik va ommaviy axborot vositalari kompetensiyasini kuchaytirish orqali O‘zbekiston hukumati va fuqarolarining imkoniyatlarini kengaytirish

Kecha Toshkent shahrida “Axborotdan foydalanish, institutsional javobgarlik va ommaviy axborot vositalari kompetensiyasini kuchaytirish orqali O‘zbekiston hukumati va fuqarolarining imkoniyatlarini kengaytirish” dasturining ikkinchi Boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda YUNESKO, AOKA, Shveysariya elchixonasi, Sudyalar Oliy maktabi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari, mahalliy hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

 

Yig‘ilish doirasida loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

 

Shuningdek, ekspertlar tomonidan Media va axborot savodxonligi bo‘yicha tadqiqotlar hamda YUNESKOning Internet universallik indikatorlari bo‘yicha baholash natijalari taqdim etildi.

 

Tadbirda huquqni muhofaza qilish va sud tizimi mutaxassislari bilan savol-javoblar, dasturni amalga oshirishning kelgusi bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlarini aniqlashga qaratilgan ochiq muhokamalar tashkil etildi.

AOKA - Rasmiy kanali

Powered by GSpeech