Ayol 20 yil hech qanday ish qilmasdan maosh olgani uchun kompaniyani sudga berdi

Fransiyalik Lorens ismli ayol France Telecom kompaniyasiga ishga kirdi, keyinchalik u «Orange» kompaniyasiga o‘tdi.

Oldingi ish beruvchilar  ayolning yuzi va oyoq-qo‘llarida qisman falajlik bo‘lgani uchun yengilroq ish berishgan, ya’ni kadrlar bo‘limida kotib lavozimida ishlagan. Bunday ish ayolning holatiga, ya’ni sog‘lig‘iga to‘liq mos edi. 2002-yilda uning iltimosiga ko‘ra, ayol Fransiyaning boshqa mintaqasiga ishlashga ko‘chirildi, ammo yangi ishxonada unga mos ish topilmadi. Natijada u 20 yil davomida hech ish qilmasdan maosh olishda davom etdi, ya’ni «Orange» kompaniyasi Lourensning ehtiyojlarini hisobga olishni istamadi.

Lourens noodatiy ishini o‘ziga nisbatan diskriminatsiya deb atadi va  Diskriminatsiyaga qarshi Oliy organga xabar qildi  – «Orange»ni  sudga berdi. U jamiyatda o‘z o‘rnini egallashni, tan olinishni va ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishni xohladi, lekin buning o‘rniga u «unutildi» va ertami-kechmi kompaniya uning ishdan ketishiga umid qilib, pul to‘lashni afzal ko‘rdi. Sud jarayoni davom etayotgan bir paytda, kompaniya xodimga «moslashtirilgan lavozimlarda» ishlashni taklif qilishni rejalashtirishganini aytdi, ammo Lourens muntazam ravishda kasallik ta’tilida bo‘lgani bois, bu kelishuv ham amalga oshmadi.

Xabar.uz

Powered by GSpeech