“Fuqarolar, asosan ayollar va bolalar o'ldirilayotgan, mayib qilinayotgan, bombardimon qilinayotgan, uylarini tashlab ketishga majbur qilinayotgan va insonparvarlik yordami olishga to'sqinlik qilinayotgan bir paytda dunyoda harakatsizlik kuzatilmoqda” dedi u. “Men zudlik bilan G'azoda gumanitar asosda o't ochishni to'xtatish, shuningdek, ikki davlat kelishuviga asoslangan isroilliklar va falastinliklar uchun barqaror tinchlikka olib keladigan jarayon bo'yicha chaqirig'imni takrorlayman”.
BMT rahbari ta'kidlaganidek, “bu azob-uqubatlarni yengillashtirish va butun mintaqani olov o'chog'iga soladigan mojaro avj olishining oldini olishning yagona yo'li”.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati