BMT Falastinda 1 milliondan ortiq odam ochlik va o'lim xavfi ostida ekanini ma'lum qildi

Iyul oyi o'rtalarida Falastinda 1 milliondan ortiq odam o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan qattiq ocharchilikka duch keladi.

Bunday prognoz BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) qo'shma hisobotida keltirilgan bo'lib, u kelgusi olti oyda jiddiy ocharchilik xavfini baholaydi.

Mali, Sudan va Janubiy Sudan ham ocharchilikka moyil davlatlar qatoriga kiradi.

Hujjat Livan va Suriyadagi oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini yanada kuchaytirishi mumkin bo'lgan inqiroz oqibatlaridan ogohlantiradi. FAO va WFP ocharchilikdan aziyat chekadigan davlatlar orasida Burkina-Faso, Gaiti, Kongo Demokratik Respublikasi, Zambiya, Zimbabve, Yaman, Malavi, Mozambik, Myanma, Nigeriya, Somali, Syerra-Leone, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad va Efiopiya ham borligini qayd etdi, deb xabar beradi report.az.

Hisobotda aytilishicha, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi geosiyosiy keskinliklar va yangi tahdidlar ehtimoli 2024-yilda jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy xavf tug'diradi. “Energetika va transport narxlarining oshishi, valyuta kursining qadrsizlanishi va oziq-ovqat importini moliyalashtirish bilan bog'liq muammolar ko'plab zaif mamlakatlarning ichki bozorlariga bosim o'tkazishi va 2024-yil oxirigacha oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech