- rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika ma'lumotlari Statistika ma'lumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;
- BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo'yicha qo'llanmalarni to'liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko'riladi.
Bunda:
- rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi;
- BMT tomonidan ma'qullangan qo'llanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qo'llanmasi ishlab chiqiladi;
- milliy statistika tizimini global baholashdan o'tkazish tashkil etiladi va natijalari e'lon qilinadi.
2025-yil 1-yanvardan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari jalb etiladi.
2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi o'rtasida elektron ma'lumotlar almashinuvi yo'lga qo'yiladi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati