BMT: Sayyoramiz tobora issiq va yashash uchun xavfli joyga aylanmoqda

BMT e’lon qilgan yangi ma’lumotga ko‘ra, Yer tobora isib, yashash uchun xavfli joyga aylanmoqda.  Hisobotda zudlik bilan chora ko‘rilmasa, milliardlab odam tobora kuchayib borayotgan jazirama to‘lqinidan azob chekishda davom etishi ta’kidlangan. 

Harorat ko‘tarilishi bilan homilador ayollar, nogironlar va sog‘lig‘i yomonlar, qariyalar, bolalar, ko‘chirilganlar va kambag‘allar o‘ta jiddiy xavf ostida qoladi. Sovutkich o‘rnatilmagan sifatsiz uyda yashash va issiqlik stressi ekstremal ob-havo sharoiti bilan bog‘liq o‘limning asosiy sababiga aylanadi. 2000-2019 yillar oralig‘ida issiqlik tufayli sayyoramizda yiliga o‘rtacha 489 000 ga yaqin o‘lim qayd etilgan. Fojianing 45 foizi Osiyo, 36 foizi Yevropaga to‘g‘ri kelgan. 2000-2004 va 2018-2022 yillarda 65 yoshdan oshgan odamlar orasida issiqlik bilan bog‘liq o‘lim taxminan 85 foiz oshgan.

BMT Bolalar jamg‘armasi - UNISEF ekspertlari xulosasiga ko‘ra, Yevropa va Markaziy Osiyodagi jazirama yiliga salkam 400 bolani nobud qilmoqda. Agar hozirgi sharoit davom etsa, 2050 yilga borib dunyoda 18 yoshgacha bo‘lgan deyarli har bir, ya’ni 2,2 milliard bola issiq to‘lqinga duchor bo‘ladi. Bugungi kunda global ishchi kuchining 70 foizidan ko‘pi, ya’ni 2,4 milliard kishi haddan tashqari issiq xavfi yuqori sharoitda ishlayapti.

Чрезвычайная жара | Орgaнизация Объединенных Наций

– Ish joyi issiqligi ta’sirida 22,8 million jarohat, 19 mingga yaqin o‘lim va 26 milliondan ortiq buyrak kasalligi holati aniqlandi, – deydi Xalqaro mehnat migratsiyasi (XMT) eksperti Balint Nafrodiy.

2022 yil issiq ta’sirida 863 milliard dollar ekvivalentda ish unumdorligi pasayib, ehtimoliy daromad yo‘qolgan. Ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, kunduzi harorat 34 darajadan oshsa, mehnat unumdorligi 50 foiz kamayadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti to‘rt muhim yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun shoshilinch va birga harakatlanishga chaqirmoqda. Birinchidan barcha mamlakatlar va jamoalar eng zaif odamlarni o‘ta yuqori harorat ta’siridan himoya qilishi, xavfni kamaytirishi va chidamni oshirishi kerak.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 57 mamlakatda issiqdan ogohlantirish tizimini takomillashtirish har yili 100 000 ga yaqin hayotni saqlab qolishi mumkin.

– Kam uglerodli sovutishga o‘tishni yaxshilash, passiv sovutish tizimini kengaytirish, masalan shahar dizayni orqali yanada yashil va samarali yechimlar topish kerak, – deydi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish. – BMT Atrof-muhit bo‘yicha dasturi hisob-kitobiga ko‘ra, bu choralar 2050 yilga borib 3,5 milliard odamni himoya qilishi mumkin, shu bilan birga chiqindini kamaytirish va iste’molchilarga har yili 1 trillion dollarni tejash imkonini beradi.

Более 70 процентов мировой рабочей силы в настоящее время подверgaются высокому риску ekstremalьной жары.

Guterrish inson huquqi tamoyiliga asoslangan mehnatni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish orqali barcha sohalarda ishchilarni himoya qilishga chaqirdi. Xususan, dunyoning barcha mintaqalaridagi mehnatkashlar salomatligi va hayotini haddan tashqari issiqlik xavfidan himoya qilish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur. Bundan tashqari BMT barcha mamlakatlar va hamjamiyatlar ob-havoga chidamlilikni yaxshilash bo‘yicha kompleks harakatlar rejasi, strategiya va yechimlar ishlab chiqishi va amalga oshirishini ta’minlaydigan barqaror, ko‘p tarmoqli va ko‘p darajali sheriklik munosabati o‘rnatilishi kerakligini ta’kidlaydi.

BMT rahbari qazib olinadigan yonilg‘idan qayta tiklanadigan energiyaga adolatli o‘tish sur’atini tezlashtirish, ushbu yo‘nalishga ko‘proq investitsiya jalb etish lozimligini takrorlagan. Binobarin, 2025 yilgacha Parij bitimiga muvofiq, har bir mamlakat milliy darajada atrof-muhitni ifloslantirish ko‘rsatkichini kamaytirishga qo‘shajak hissasini aniqlab, shu haqda ma’ruza taqdim etishi shart.

S.Rahimov, O‘zA

Powered by GSpeech