- fuqarolar BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha — 8,5 mln soʻmdan 17 mln soʻmgacha (shu paytga qadar BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha),
- mansabdor shaxslar esa BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha, yaʼni 17 mln soʻmdan 25,5 mln soʻmgacha (shu paytga qadar BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha).
Shu bilan birga, xuddi shunday huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilsa, maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyo yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosi musodara qilinadi, shuningdek:
- fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha, yaʼni 17 mln soʻmdan 25,5 mln soʻmgacha (shu paytga qadar BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha),
- mansabdor shaxslarga esa BHMning 75 baravaridan 100 baravarigacha, yaʼni 25,5 mln soʻmdan 34 mln soʻmgacha (shu paytga qadar BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, MJtKning 79-moddasi toʻrtinchi qism bilan toʻldirildi. Unga koʻra, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan mansabdorlar BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha (17 mln soʻmdan 25,5 mln soʻmgacha) jarimaga tortiladi.
Shu bilan birga, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun ham toʻldirildi.
Yaʼni davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini gʻayriqonuniy ravishda kesganlik, yoʻq qilganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (34 mln soʻmdan 102 mln soʻmgacha) miqdorda jarima tarzida moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Qonun 2024-yilning 1-mart sanasidan kuchga kirdi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati