Qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida, yuqori tajribaga ega ma’ruzachilar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Davlat boshqaruv akadesiyasida axborot xizmatlari rahbarlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochib bergan DBA rektori Adham Bekmurodov matbuot kotiblari bilan ishlash Boshqaruv akademiyasida yangi yo‘nalish ekanligini qayd etib, bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xalqqa ochiq va shaffof, xolis, tezkor yetkazishda yetakchi rol o‘ynaydigan matbuot kotiblarining nafaqat o‘z sohalarida, balki boshqa tarmoqlarda ham ko‘nikmalarini oshirish ekanligini ta’kidladi.
O‘quv dasturlarida axborot xizmatlari rahbarlarining uch yo‘nalishda malaka va bilimlarini takomillashtirish nazarda tutilgan:
Siyosat-iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, integratsiya jarayonlari;
Axborot bilan ishlash;
Boshqaruv, shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish.
Suhbat va trening shaklida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda tinglovchi-matbuot kotiblari mahalliy va global miqyosdagi amaliy misollar asosida muhim mavzu va yo‘nalishlarda ta’lim olishadi.
O‘quvlar joriy yilning 27-noyabriga qadar davom etadi.
- Qo'shildi: 18.11.2024
- Ko'rishlar: 709
- Chop etish