AOKA da Biznes-ombudsman devoni rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjmunida o‘tgan 2023 yilda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 2023 yilda Biznes-ombudsmanga tadbirkorlardan jami 18 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.
Murojaatlar yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar asosida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida 3 ming 387 ta ta’sir chorasi, shundan 33,5 milliard so‘mlik 122 ta da’vo arizasi, shikoyat, 113 ta taqdimnoma, 49 ta xulosa, 23 ta ogohnoma va 3 ming 80 ta ma’muriy chora qo‘llanilgan. Natijada, sudlar tomonidan 21,4 milliard so‘mlik da’vo tadbirkorlar foydasiga hal etilgan va 79,6 mlrd so‘mlik hisoblangan qarzdorlik bekor qilingan (hisobdan chiqarilgan), 16 ta qaror haqiqiy emas deb topilgan.Shuningdek, kiritilgan taqdimnomalar asosida 140 nafar mas’ul shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
2023 yilda tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik ijrosi bo‘yicha 8 ta nazorat organida o‘rganish o‘tkazilgan. O‘rganishda 7 ming 328 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, 9 ta taqdimnoma, 1 140 nafar mansabdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 68 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari bo‘yicha tashkilotlarning tadbirkorlik sub’ektlari oldidagi 3,6 mlrd so‘mlik kreditor qarzdorligi qoplanishi ta’minlangan.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA
- Qo'shildi: 19.01.2024
- Ko'rishlar: 2642
- Chop etish