2024-yil 1-iyuldan:
- Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga koʻra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
- avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;
- noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;
2024-yil yakuniga qadar:
- davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;
Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
- fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.
Farmonga koʻra, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etish;
- Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish.
Quyidagi institutlar tashkil etiladi:
- Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
- Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati