2023 yilda dunyoning 16 davlatida 1153 ta qatl amalga oshirilgan.
Xalqaro Amnesty International inson huquqlari tashkilotining o‘lim jazosini qo‘llash bo‘yicha yillik hisobotiga ko‘ra, 2023 yilda dunyoda qatl qilinganlar soni so‘nggi 10 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi.
Huquq himoyachilari hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda dunyoning 16 davlatida 1153 ta qatl amalga oshirilgan. Bu Amnesty International tashkiloti 20 mamlakatda 883 ta qatl amalga oshirilganini ma’lum qilgan 2022 yilga nisbatan 31 foizga ko‘pdir.
Hisobot mualliflarining qayd etishicha, bu Amnesty International tashkiloti tomonidan dunyo bo‘ylab 1634 kishi qatl etilgani xabar qilingan 2015 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2023 yilda o‘lim jazosiga hukm qilinganlar soni 20 foizga oshib, 2428 taga yetgan.
Huquq himoyachilari 2023 yilda eng ko‘p qatl amalga oshirilgan davlatlar qatoriga Xitoy (aniq ma’lumot yo‘q), Eron (kamida 853 ta qatl), Saudiya Arabistoni (172), Somali (kamida 38) va AQShni (24) kiritdi.
Qayd qilinishicha, qatllar sonining ko‘payishiga asosan Eron sabab bo‘lgan. Eron hukumati giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qatl etilganlar sonini ko‘paytirgan.
Kun.uz
- Qo'shildi: 30.05.2024
- Ko'rishlar: 1467
- Chop etish