Finlyandiyaning Xelsinki universitetida Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari faoliyatini kuchaytirishga va o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi.
Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi hamda Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirok etmoqda.
Shuningdek, tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston hamda Turkmaniston Ombudsmanlari va xodimlari qatnashmoqda.
2024-yil 15-19-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad Finlyandiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilishdagi zamonaviy mexanizmlar bo‘yicha tajriba almashish hamda dolzarb masalalari bo‘yicha muhokamalar tashkil etishdan iborat.
Finlyandiyaga tashrif doirasida qator xalqaro uchrashuvlar hamda penitensiar muassasalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
N.Abduraimova, O‘zA
- Qo'shildi: 16.04.2024
- Ko'rishlar: 1706
- Chop etish