IHT axborot agentliklari ittifoqi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Pokiston hukumati mezbonlik qilgan “Musulmon jamiyatlarida qizlar ta’limi: muammo va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Musulmonlar jahon ligasi Bosh kotibi, Ulamolar uyushmasi raisi shayx Muhammad bin Abdulkarim Al-Issa hamda Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) bosh direktori Muhammad bin Abd Rabbo Al-Yamiy ishtirokida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat tomonlar o‘rtasida qizlarning ta’lim olish huquqidan xabardorligini oshirish bo‘yicha media-kampaniyalarni yo‘lga qo‘yish, ayni yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish orqali islom mamlakatlari axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalarining birgalikdagi sa’y-harakatini kuchaytirishni nazarda tutadi.

E’tiborlisi, anjuman qatnashchilari ushbu xalqaro hamkorlik platformasi doirasida ilgari surilgan, xotin-qizlar manfaatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni aniq amaliy loyihalarga aylantirish zarurligini bir ovozdan ma’qulladilar.

M.Pirmatova, O‘zA

Powered by GSpeech