Bu kabi provokatsion xabarlar asosan “Telegram” messenjeri orqali yuborilib, unda nomaʼlum shaxslar turli miqdorda pul toʻlash, qurol-yarogʻ bilan taʼminlash va harakatlar rejasini yuborishga vaʼda berib, ushbu harakatlarga rad javobini eʼtiborga olmaydilar. Eng xavfli jihati shuki, yovuz niyatli shaxslarning xabarlari koʻp hollarda bolalarga yuborilmoqda. Shuningdek bolalarning shaxsiy maʼlumotlari orqali ularni qoʻrqitish holatlari kuzatilmoqda. Provokatorlar oʻzlarining fotosuratlari va raqamlarini yashirgan holda faoliyat yuritadilar.
Hurmatli fuqarolar! Agarda Sizga bu kabi xabarlar kelib tushsa vahimaga tushmang va ularni ochiq chatlar, tanishlaringiz va doʻstlaringizga yubormay, darhol “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilib, ichki ishlar organlariga xabar bering. Xabar yuboruvchilarni bloklang va ular bilan yozishma va suhbatga kirishmang.
Yodingizda tuting, firibgarlar jamoatchilik orasida vahima uygʻotish uchun bu kabi xatti-harakatlarni amalga oshirmoqda! Respublika huquq-tartibot organlari esa xavfsizlikka boʻlgan har qanday tahdidlarni bartaraf qilish borasida oʻz vakolatlari doirasida barcha choralarni koʻrmoqda», deyiladi xabarda.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati