Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-918-son, 12.03.2024 y.) bilan Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.
Unga ko‘ra, Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi 95-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1949 yil, 1 iyul) ratifikatsiya qilindi.
Ratifikatsiyaga binoan konvensiyada ish beruvchilar tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan, qoidalar ish haqi to‘lanadigan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi qayd etilgan.
Konvensiyada:
- xodimlarning ish haqini qonuniy ravishda va belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida to‘lanishi;
- ish haqi bevosita xodimga ish kunida va ish joyida naqd shaklida to‘lanishi, natura shaklida to‘lashning chegarasi va shartlari mavjudligi;
- xodimning ish haqini erkin tasarruf eta olishi, ish haqidan ushlab qolinishi va chegarasi faqat milliy qonunchilikda belgilanishi;
- xodimlarga ish haqini hisoblanishi va tarkibi to‘g‘risida axborot olishlari kabi huquqlaridan foydalana olishi lozimligi va boshqa talablar mavjud.
Ma’lumot uchun, mazkur konvensiya 98 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ular orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qo‘shni davlatlar ham bor.
Xabar.uz
- Qo'shildi: 14.03.2024
- Ko'rishlar: 2212
- Chop etish