Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar

Chegaraning ikki tomonidagilar ham o‘z uylari o‘rnida xarobalar ustidan chiqmoqda.

26 noyabr kuni kechqurun Isroil va Livan o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv tuzilgani e’lon qilingandi. 13 bandni o‘z ichiga oladigan bitimga ko‘ra, Isroil 60 kun ichida o‘z qo‘shinlarini qo‘shni mamlakat janubidan olib chiqishi, «Hizbulloh» kuchlari Litani daryosidan shimolga ketishi, janubiy chegarada ularning o‘rnini Livan xavfsizlik kuchlari va muntazam armiya egallashi lozim. Livan janubida yashovchi aholi sulh e’lon qilinganidan keyin o‘z uylariga qaytishni boshladi, ularning ko‘pchiligi uylari o‘rnida xarobalar ustidan chiqishgan.

The New York Times nashrining Planet Labs sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahliliga asoslanib qilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, noyabr oyi boshigacha Isroil mudofaa armiyasi Livan hududida mingdan ortiq binoni yo‘q qilgan — asosan mamlakat janubi va poytaxt Bayrutning janubiy chekkasida. Meys al-Jabal va Mhabib kabi ayrim qishloqlar amalda yer yuzidan supurib tashlangan. Isroil tomoni bu amaliyotdan maqsad «Hizbulloh»ning ushbu qishloqlarda joylashtirilgan infratuzilmalari, qurol omborlari, platsdarmlari va tunnellarini yo‘q qilish ekanini ma’lum qilgandi.

 

«Hizbulloh» zarbalari oqibatida Isroil tomonida ham vayrongarchiliklar yuzaga kelgan, ammo hozircha mahalliy aholining ko‘pchiligi sulh buzilishi va harbiy harakatlar qaytadan boshlanishidan cho‘chib, uylariga qaytishga shoshilmayapti. Quyida so‘nggi oylardagi harbiy harakatlar chegaraning ikki tomonida qanday izlar qoldirgani aks etgan suratlar.

Livan

Livan janubidagi Nabatiya shahridagi ofis binolaridan birida portlash oqibatida chang bilan qoplangan fotokamera
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETA
Tirda isroilliklar zarbasiga uchragan uylardan biridagi fotosurat
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETA
Livan janubiga olib boruvchi shossedagi tirbandlik. Sulh e’lon qilingach, Isroilning quruqlik amaliyoti boshlanganida uylarini tark etgan minglab livanliklar o‘z shahar va qishloqlariga qaytishga harakat qilmoqda
AFP / Scanpix / LETA
Livanlik bola qushlari bilan Mansuridagi nazorat-o‘tkazish punktida uyga qaytish uchun ruxsat kutmoqda
Hussein Malla / AP / Scanpix / LETA
Livanlik oila mamlakat janubidagi uyiga qaytmoqda. Surat Tir shahrida olingan
Hussein Malla / AP / Scanpix / LETA
Tir shahrida yashovchi 53 yoshli Samir Hassab isroilliklar zarbasi oqibatida vayron bo‘lgan uyini ko‘zdan kechirmoqda
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETA
Livan janubidagi Zibkin shaharchasida yashovchi Asya Atvi 27 noyabr kuni sulh e’lon qilinganidan keyin uyiga qaytgan
Aziz Taher / Reuters / Scanpix / LETA
Livan janubidagi Derdgayya ibodatxonasi xarobalari, bu joy bir oycha oldin isroilliklar aviazarbasi oqibatida vayron bo‘lgandi. Surat 2024 yil 29 noyabr kuni olingan
Mahmoud Zayyat / AFP / Scanpix / LETA
Tair Debba qishlog‘idagi masjid vayronalari ustida xarobalar ostidan olib chiqilgan Qur’oni karim nusxalarini ko‘tarib kelayotgan yigit. Mahalliy aholining aksari islom dinining shia mazhabiga e’tiqod qiladi, bu esa ularni Eronga yaqinlashtiradi. Livanda esa sunniylar ham, druzlar va xristianlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi
Mahmoud Zayyat / AFP / Scanpix / LETA
Livan janubidagi Nabatiya shahri chekkasidagi Kfar Rumman qishlog‘ida yashovchi kishilar o‘z uylariga qaytgan
Ousama Ayoub / Sipa Press / Scanpix / LETA
Kfar Rummanda yashovchi kishi harbiy harakatlar chog‘ida shikastlangan uyida o‘z yaqinlari fotosuratlari bilan
Ousama Ayoub / Sipa Press / Scanpix / LETA
Ousama Ayoub / Sipa Press / Scanpix / LETA
Tirdagi vayrongarchilik, janubiy Livan
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETA
Janubiy Livandagi Isroil bilan chegaradan ikki kilometr masofada joylashgan Kfar-Kila qishlog‘i
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Isroil va Livan chegarasidagi devorning Livan tomondan ko‘rinishi
Stoyan Nenov / Reuters / Scanpix / LETA

Isroil 

Isroil-Livan chegarasi yaqinida joylashgan fermadagi vayrongarchilik. Hudud o‘qqa tutilishi oqibatida tovuqxona to‘liq yonib ketgan
Gil Eliyahu / Reuters / Scanpix / LETA
Isroil shimolida yashovchi fermer Rina Lagziyel harbiy amaliyot boshlanishidan oldin tashlab ketgan uyini ko‘zdan kechirmoqda va sulhdan keyin bu yerga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Shir Torem / Reuters / Scanpix / LETA
Isroil shimolidagi Even Menaxemda yashovchi fermer Rina Lagziyel harbiy amaliyot boshlanganidan keyin o‘z uyi va ekinlarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. U sulhdan keyin uyga qaytish umidida yangi puansettiya ekmoqda
Shir Torem / Reuters / Scanpix / LETA
Chegara yaqinidagi Zareteda «Hizbulloh» raketa zarbalaridan vayron bo‘lgan issiqxona o‘rnida o‘tlab yurgan sigirlar
Shir Torem / Reuters / Scanpix / LETA
Isroilning eng shimoliy shahri Metula «Hizbulloh» raketalarining birinchi nishoni va eng ko‘p jabrlangan aholi yashash punktlaridan biri bo‘lgan
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Isroil shimolidagi Metula shaharchasida «Hizbulloh» raketa zarbalari oqibatida yuzaga kelgan vayrongarchiliklar. Tasvir Isroil hukumati xorijlik jurnalistlar uchun tashkillashtirgan press-turda olingan
Jalaa Marey / AFP / Scanpix / LETA
Kiryat-Shmonda «Hizbulloh» raketa zarbasi oqibatida qisman shikastlangan uydan buyumlarni olib chiqayotgan askar
Amir Levy / Getty Images
Avivim posyolkasidagi sinagog yaqinida Livan zarbalari oqibatida yonib ketgan avtomobillar
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Tarbiyachi Shulamit Lagziyel Isroilning Livandagi harbiy amaliyoti chog‘ida vaqtincha yopilgan bolalar bog‘chasini aylanib chiqmoqda. Bog‘cha o‘t ochishni to‘xtatish rejimidan keyin faoliyatini tiklashi mumkin
Shir Torem / Reuters / Scanpix / LETA
Isroil va Livan chegarasi yaqinida joylashgan Galileydagi Avivim qishlog‘ida shikastlangan uy
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
Manarada yashovchi Orna Vaynberg kibutsa oshxonasidagi vayrongarchilikni ko‘zdan kechirmoqda
Leo Correa / AP Photo / Scanpix / LETA
Isroil shimolidagi Manara kibutsida yashovchi kishi Livan tomonidan o‘qqa tutilgan uyni ko‘zdan kechirmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Manara kibutsida Livan raketasidan shikastlangan uylardan biri
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Manara kibutsida yashovchi Naor Shamiya vayrongarchilikni ko‘zdan kechirmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Manara kibutsidagi uylardan birining oldida o‘rnatilgan tikanli sim
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Kun.uz

Powered by GSpeech