Unda qayd etilishicha, dunyoda odamlarning oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi yil sayin oshib bormoqda. Xususan, 2030-yilga kelib, 60 va undan katta yoshli odamlar Yer yuzi aholisining oltidan bir qismini tashkil qilishi kutilyapti.
Masalan, 2020-yilda ular soni 1 milliard nafardan iborat edi. 2030-yilda bu koʻrsatkich 1,4 milliard kishiga yetishi prognoz qilingan.
Ekspertlar xulosasiga koʻra, ushbu tahlillar jahon boʻyicha aholi tarkibida keksalar ulushi oshib borayotganini tasdiqlaydi. Mazkur jarayon, ayniqsa, taraqqiy etgan mamlakatlarda tezlashgan.
Masalan, Yaponiyada 60 yoshdan oshgan odamlar allaqachon aholining 30 foizini tashkil qilmoqda.
Past yoki oʻrta daromadli mamlakatlarda ham 2050-yilgacha 60 yoshdan kattalar aholining uchdan ikki qismiga yetishi taxmin qilinmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»