Jsst: dunyoda vabodan oʻlim koʻrsatkichi 71 foizga oshdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vabo epidemiyasi boʻyicha yangi hisobotini eʼlon qildi. Unda qayd etilishicha, 2023-yili dunyo boʻyicha bu xavfli infeksiyadan oʻlim koʻrsatkichi 2022-yilga nisbatan 71 foizga, kasallanish holatlari esa 13 foizga oshgan.

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Oʻtgan yili vabodan 4000 kishi vafot etdi, — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus. — Iqlim oʻzgarishi, baʼzimintaqalarda ichimlik suvi tanqisligi, qashshoqlik, sanitariya sharoitlari yetishmasligi, urush va harbiy toʻqnashuvlarxastalik kuchayishiga sabab boʻldi”.

Hisobotga koʻra, joriy yilda ham epidemiologik vaziyat murakkab. Xususan, 2024-yil boshidan buyon 342 mingdan ortiqbemorda ushbu infeksiya aniqlangan, ulardan 2,4 ming nafari hayotdan koʻz yumgan. 22 mamlakatda kasallik avj olishikuzatilgan.

Jumladan, iyul avgust oylari oraligʻida Sudanda qariyb 2,7 ming kishiga vabo tashxisi qoʻyildi. Ulardan 120 nafarininghayotini saqlab qolish imkoni boʻlmadi.

JSSTning vabo boʻyicha texnik rahbari Filipp Barboza fikricha, kasallik qurbonlari soni rasmiy statistikadan anchayuqori. Aslida uni har yili taxminan 2 millionga yaqin kishi yuqtirib, 100 ming nafari hayotdan koʻz yumayotgan boʻlishimumkin.

Masʼullar epidemiyaning yangi toʻlqinini jilovlasa boʻladi, degan xulosada. Buning uchun kasallikka qarshi vaksinalarishlab chiqarish hajmini oshirish zarur. Chunki oʻtgan yili qariyb 36 million doza emlash vositalari ishlab chiqarilgan, biroq bu mavjud ehtiyojning atigi 50 foizini qoplaydi, xolos.

Qolaversa, toza ichimlik suvi taʼminoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini toʻxtatishninguzoq muddatga moʻljallangan yagona barqaror yechimi boʻlib qolmoqda.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech