Bugun kiberjinoyatlarning tarqalayotgan har bir yangi turidan aholi qanchalik ogohlantirilmasin, chuv tushish holatlari hamon davom etmoqda. Xususan, bir necha shaxslar Respublikaning Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida o‘n to‘rtta byudjet tashkilotlari buxgalterlariga tegishli yagona kalitdan foydalanib, mingdan ortiq fuqarolarning har biri nomiga 30 mln so‘mdan onlayn kredit rasmiylashtirgan.
Xavotirlisi onlayn qarz bilan bog‘liq sodir etilayotgan jinoyatlar, umuman firibgarlik jinoyatining O‘zbekiston hududida avj ola boshlaganidir. Bu esa qonunchiligimizda firibgarlik jinoyatiga nisbatan javobgarlik choralari va tayinlanadigan jazo usullarini qayta ko‘rib chiqish fursati yetganidan dalolatdir.
M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, I.Ismatov, O‘zA
- Qo'shildi: 27.06.2024
- Ko'rishlar: 1434
- Chop etish