Unda korrupsiyaga oid jinoyatlar sabablarini aniqlash hamda jinoyatchilik statistikasini yuritish tizimini takomillashtirish maqsadida bunday jinoyatlar statistikasini yuritishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yaratish rejalashtirilmoqda.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • korrupsiyaviy jinoyatlar va ular natijasida yetkazilgan zararlar hisobini yuritish.
  • korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilish sabablari aniqlash.
  • korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan shaxslar ro‘yxatini yuritish va ularning davlat xizmatiga kirishlarini cheklash.

Shuningdek, davlat xizmatchisining xizmat qilgan sohasi bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi tomonidan jinoyatning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.

Sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlarning yuqori turuvchi sud va prokurorlar tomonidan Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha onlayn rejimda nazorat qilish imkoniyatini yaratiladi.

 

Yil davomida sudlar tomonidan javobgarlikka tortilgan shaxslar va ularga nisbatan qo‘llanilgan jazo choralari to‘g‘risida, Jinoyat kodeksi moddalari bo‘yicha statistik ma’lumotlar hududlar va sohalar kesimida shakllantiriladi.

Buning natijasida korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasi va ushbu jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar hisobi yuritilib, ularning sodir etilish sabablari tahlil qilinadi.

Sudlar tomonidan qabul qilingan barcha turdagi qarorlar tizimga yuklanishini hisobiga ular tomonidan noto‘g‘ri jazo tayinlash, asossiz jazodan ozod qilish yoki boshqa noqonuniy qabul qilingan qarorlarning yuqori turuvchi sud va prokurorlar tomonidan Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha onlayn rejimda nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati