Kun uzayishi sababi aniqlandi

Amerikaning “Proceedings of the National Academy of Sciences” ilmiy jurnali ta’kidlashicha, suv hajmi ekvatorga o‘tishi va Yer tekisligi kengayishi bilan davom etayotgan iqlim o‘zgarishi kun odatdagidan uzayishiga sabab bo‘lmoqda.

– Iqlim hozirgidek tez o‘zgarishi hech qachon kuzatilmagan, – deyilgan xalqaro olimlar guruhi e’lon qilgan tadqiqot xulosasida. – So‘nggi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi muzliklar hamda qutblardagi muz qalqonlari erishini jadallashtirdi. Natijada dengiz sathi tez ko‘tarilmoqda. Suv qutbdan ekvatorga ko‘chishi 1900 yildan buyon Yerning tekisligini sezilarli darajada kengaytirdi.

Tadqiqotchilar hozir Yerda kun davomiyligi 86,4 ming soniya atrofida ekanini hisoblab chiqishgan. Olimlar izoh berishicha, asosan Oyning tortishish kuchi tufayli Yer aylanishi sekinlashgan.

O‘rtacha o‘zgarish yuz yillikka bir milli soniyadan sal ko‘proq to‘g‘ri kelyapti. Ayni holat bir necha o‘n yil davomida saqlanishi bashorat qilinmoqda. Binobarin, havoga tarqalayotgan is gazi miqdori ortishi sharoitida bu ko‘rsatkich yuz yillikda 2,4 milli soniya ko‘tarilishi mumkin.

O‘zA

Powered by GSpeech