OSIYO MINTAQASIDA O‘ZARO BOG‘LANGANLIKNI KUCHAYTIRISH — OSIYODA HAMKORLIK VA ISHONCH CHORALARI BO‘YICHA KENGASH DOIRASIDAGI HAMKORLIKNING USTUVOR YO‘NALISHI
Qozog‘iston poytaxtida 50 ga yaqin a’zo va kuzatuvchi mamlakat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar delegatsiyalari ishtirokida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sammitdagi nutqida bugungi kundagi xalqaro vaziyatga baho berdi, shuningdek, iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, yoshlarni qo‘llabquvvatlash, atrofmuhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va oziqovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha umumiy, kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish va ushbu davlatni e’tibordan chetda qoldirmaslikka da’vat etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasida ilgari surgan tashabbuslar keng jamoatchilik, jumladan, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiysiyo siy va eksperttahlil doiralari tomonidan faol o‘rganilmoqda.
SHAVKAT MIRZIYOYEV O‘Z NUTQIDA SHHTNING YAQINDA O‘ZBEKISTONDA BO‘LIB O‘TGAN SAMMITI YAKUNIDA QABUL QILINGAN UMUMIY XAVFSIZLIK VA FAROVONLIK YO‘LIDA HAMJIHATLIK BORASIDAGI SAMARQAND TASHABBUSINING ASOSIY MAQSADI INSONIYAT KELAJAGI UCHUN BEFARQ BO‘LMAGAN, TINCHLIK, TOTUVLIK VA BIRGALIKDA GULLAB-YASHNASH UCHUN INTILAYOTGAN BARCHA SOG‘LOM KUCHLARNI AMALIY MULOQOTGA JALB ETISHGA QARATILGANINI ESLATIB O‘TDI.
Ri Ik Xyon,
Mokvon universiteti prorektori (Janubiy Koreya):
— Prezident Shavkat Mirziyoyev OHIChKning navbatdagi sammitidagi nutqida kengash bugungi kunda xavfsizlikni ta’minlashning muhim elementiga aylangani uchun nihoyatda zarur ekanini ta’kidladi.
Mazkur tuzilma Osiyo qit’asida tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatlar va xalqlar farovonligini oshirishga qaratilgan xalqaro forumdir.
Osiyo qit’asi jahon siyosiy maydonida alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda qit’ada 4,5 milliarddan ortiq odam yashaydi. Kelgusi 30 yil ichida aholi soni ikki barobar oshishi kutilmoqda. Osiyo iqtisodiyoti global iqtisodiy faoliyatning qariyb 35 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekiston rahbari Osiyo qit’asi-ning bugungi taraqqiyoti va istiqbollari, geosiyosiy vaziyatga baho berdi. Katta iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan qit’a mamlakatlari jiddiy tahdid va xavfxatarlarga duch kelayotgani, xalqaro munosabatlarda noaniqlik kuchayayotgani, muloqot va ishonch misli ko‘rilmagan darajada yo‘qolayotganiga e’tibor qaratildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bularning barchasi ko‘p tomonlama hamkorlik asoslariga putur yetkazmoqda, mojarolarning avj olishiga sabab bo‘lib, global iqtisodiyotda tizimli uzilishlarga olib kelmoqda. Yuzaga kelgan yangi geosiyosiy voqelik butun Osiyo qit’asi barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining nutqi bilan tanishar ekanman, mamlakatingiz rahbari Osiyo qit’asi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining eng muhim omillarini belgilab berganiga e’tibor qaratdim.
Darhaqiqat, innovatsiyalar transferi salohiyatidan yaxshiroq foydalanish, raqamlashtirishni faol rag‘batlantirish, yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, internet tizimlarini rivojlantirish orqali qit’a iqtisodiyotidagi global inqiroz ning oldini olish mumkin.
O‘zbekiston Prezidenti muloqot, birbirining manfaatlarini hisobga olish, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga rioya qilish asosidagina zamonaviy tahdidlarni samarali yengib o‘tish mumkinligiga ishonch bildirdi.
Darvoqe, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ShHTning yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan sammiti yakunida qabul qilingan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusining asosiy maqsadi insoniyat kelajagi uchun befarq bo‘lmagan, tinchlik, totuvlik va birgalikda gullabyashnash uchun intilayotgan barcha sog‘lom kuchlarni amaliy muloqotga jalb etishga qaratilganini eslatib o‘tdi.
Ko‘rinib turibdiki, Samarqand tashabbusining maqsadi nafaqat Osiyo qit’asi mamlakatlarida tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash, balki xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch va barqarorlikni tiklashga hissa qo‘shish, shuningdek, hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat, geosiyosiy raqobat, mafkuraviy qaramaqarshilik va tortishuvlardan xoli keng muloqot maydonini yaratishga qaratilgan.
Xari Narayanan,
Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiyalar universiteti rektori (Malayziya):
— Dunyodagi hozirgi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Osiyoda hamkorlik va o‘zaro ishonch choralari bo‘yicha kengash yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslar juda dolzarb ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotlarimiz global inqiroz ning kuchayib borayotgan salbiy oqibatlariga moslashishi zarur, degan fikrga to‘liq qo‘shilaman. Shu nuqtai nazardan, Osiyo mintaqasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, birinchi navbatda, Markaziy Osiyoni Janubiy va Sharqiy Osiyo, shuningdek, Yaqin Sharq bilan samarali bog‘laydigan ishlab chiqarish va logistika zanjirlari hamda transport yo‘laklarini yaratishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
Rasmiy Toshkent ham global sanoat inqilobining yangi bosqichiga o‘tish, jumladan, innovatsiyalar transferi salohiyatidan to‘liq foydalanish, raqamlashtirishni faol rag‘batlantirish, “bulutli” texnologiyalar, sun’iy intellektni rivojlantirishga katta qiziqish bildirmoqda.
Bu sohalarda Osiyo davlatlari, xususan, Malayziya global yetakchilikka birgalikda erishish uchun sherik davlatlar bilan hamkorlik qilish borasida barcha imkoniyatlarga ega.
Ishonchim komilki, OHIChKga a’zo davlatlar o‘rtasidagi keyingi yaqin muloqotlar, shubhasiz, Osiyo mintaqasida savdoiqtisodiy, innovatsion va texnologik hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
OSIYO QIT’ASI JAHON SIYOSIY MAYDONIDA ALOHIDA O‘RIN TUTADI. BUGUNGI KUNDA QIT’ADA 4,5 MILLIARDDAN ORTIQ ODAM YASHAYDI. KELGUSI 30 YIL ICHIDA AHOLI SONI IKKI BAROBAR OSHISHI KUTILMOQDA. OSIYO IQTISODIYOTI GLOBAL IQTISODIY FAOLIYATNING QARIYB 35 FOIZINI TASHKIL QILADI.
Xolid Akrom Taymur,
xalqaro munosabatlar va xavf-sizlik masalalari bo‘yicha ekspert (Pokiston):
— O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choratadbirlari bo‘yicha kengashning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan sammiti doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuvi ShHTning Samarqand sammitidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
Termiz — Peshovar temir yo‘li loyi hasi, shuningdek, tranzit va imtiyoz li savdo bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarni faollashtirish ikki tomonlama kun tartibidagi ustuvor masalalardan bo‘ladi.
Pokiston hukumati savdo aloqalarini kengaytirish, o‘zaro bog‘liqlik loyihalarini amalga oshirishga umid qilmoqda. Bu Pokistonni O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari uchun muhim hamkorga aylantiradi.
Bu yo‘nalishda
Xitoy — Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha yaqinda imzolangan uch tomonlama shartnoma ham muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy yil avgust oyida Termiz —Peshovar temir yo‘li loyihasining texnikiqtisodiy asoslarini tayyorlash bo‘yicha Pokiston, O‘zbekiston va Afg‘oniston mutaxassislarining dala ekspeditsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
O‘z navbatida, Peshovardan quruqlikdagi yo‘l orqali Pokistonning Karachi va Gvadar bandargohlariga o‘zaro bog‘lanish ta’minlanadi. Ushbu muhim loyihalarning amalga oshirilishi mintaqaning iqtisodiy va siyosiy qiyofasini butunlay o‘zgartirishi shubhasiz.
“Dunyo” AA
- Qo'shildi: 14.10.2022
- Ko'rishlar: 4912
- Chop etish