Mansabdor shaxs yoki vakilning sud majlisida majburiy ishtirok etishiga zarurat bormi?

Bugun mamlakatimizda sud-huquq sohasini takomillashtirish, adolatni qaror toptirish va davlat organlarining faoliyatini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Davlat organining qarorlari yoki harakatlari ustidan keltirilgan shikoyatlar sud majlislari orqali adolatli baholanishi va hal qilinishi lozim, hamda bu jarayonda mansabdor shaxs yoki uning vakilining ishtirok etishi sud ish yuritishining yanada shaffof bo‘lishini ta’minlaydi.

Shuningdek sud-huquq sohasini takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini ishonchli himoya qilish borasidagi faoliyat izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda. 

Xususan, Yurtboshimizning 2025-yil 30-yanvardagi “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-33-son qarori so‘zimizning isbotidir.

Qarorga muvofiq, agar davlat organi tomonidan qabul qilingan qarorga nisbatan shikoyat keltirilsa, davlat organi mansabdorining yoki uning vakilining sudda majburiy ishtiroki ta’minlanishi kerak. Bu qarorning qabul qilinishidagi asosiy maqsad davlat organlarining ish faoliyatiga yuqori darajadagi mas’uliyatni ta’minlash va ularning qonunchilikka bo‘ysunishini kafolatlashdan iborat.

E’tibor qarating oddiy misol. Har qanday holatda, agar sudga davlat organi yoki uning mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilingan qaror yoki harakatlar ustidan shikoyat qilinayotgan bo‘lsa, bu qarorning yoki harakatning qonuniyligini va adolatliligiga aniq baho berish talab etiladi. 

Sud majlisida mas’ul mansabdor shaxsning yoki uning vakilining majburiy ishtirok etishini ta’minlash orqali quyidagilarga erishilishiladi:

  •  sohaga oid qonunlarning to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash;
  •  davlat organining qarorlari yoki harakatlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda adolatni tiklash;
  •  sud majlisida shaffoflikni ta’minlash. da muhim ahamiyatga egadir.

Sudda mansabdor shaxs yoki vakilining ishtirok etishi, davlat organining o‘z qarorlarini yoki harakatlarini hamda ularning qonuniyligini har tomonlama ko‘rsatishga yordam beradi. Bu orqali esa ishni ko‘rib chiqishda sohaga oid qonunlarning amal qilishini ta’minlashga erishiladi. 

Mansabdor shaxs yoki vakil sud majlisida ishtirok etmasachi?

Davlat organining mansabdori yoki vakili sudga kelmasa, sudda ko‘rib chiqilayotgan ishda o‘zini himoya qilish va xolat yuzasidan tushuntirishlar berishning imkoni bo‘lmaydi. Adolat tiklanmaydi. 

Mazkur qaror davlat organlarining mas’uliyatini oshirishga, mansabdorlar qarorlarining qonuniyligini ta’minlashga, davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali hamda ishonchli himoya etilishini ta’minlash va ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqib yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. 

Sudda majburiy ishtirok etayotgan mansabdor shaxslar, o‘z qarorlarini himoya qilish bilan birga, ularning adolatli va to‘g‘ri qabul qilinganiga ishonch hosil qilishga yordam beradilar. Bu, o‘z navbatida, sudlarning davlat organlari faoliyati ustidan kuzatuvini samarali bajarishga yordam beradi.

Davlat organi mansabdorining yoki vakilining sudda majburiy ishtiroki, hech shubhasiz, sud-huquq tizimining samaradorligini oshirish va davlat organlarining qonunga va adolatga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishning muhim vositasidir. 

Zero, Konstitutsiyamizda ham har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan.

B.Yarashev,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi
 universiteti kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, dotsent

O‘zA

Powered by GSpeech