Amerikalik milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Agar insoniyat tug‘ilish kamayishiga barham bera olmasa, Yerning katta qismida odamlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin”, deb yozdi. Aniqrog‘i u shved jurnalisti Piter Imanuelsen tomonidan bildirilgan Yevropada bolalar sonini ko‘paytirish maqsadida ayollar uchun soliq ta’tili joriy etish taklifiga shunday izoh berdi.
– Bu sinab ko‘rishga arziydigan tashabbus, – degan tadbirkor. – Nimadir o‘zgarishi kerak, aks holda Yevropa va Osiyoda, umuman sayyoramizning salmoqli qismida odam qolmaydi!
O‘tgan yil aprelda Mask so‘nggi 30 yil ichida farzandli amerikalik yoshlar keskin kamayishi Qo‘shma Shtatlar uchun mutlaq falokat ekanini aytgandi. Dekabr oyida esa Yevropa, ayniqsa Germaniya tug‘ilish darajasi pastligi tufayli yo‘q bo‘lib ketish arafasida turganini ta’kidladi.
O‘zA
- Qo'shildi: 29.01.2025
- Ko'rishlar: 236
- Chop etish