Mediasavodxonlik: asosiy ijtimoiy muammolar. Mintaqaviy forumning 2-kuni qanday mavzularda davom etdi?
Markaziy Osiyo jurnalistlari forumi bugun ham dasturga muvofiq sessiyalar, davra suhbatlari bilan davom etdi.
Sessiyalarda –
⚫️Foydalanuvchilar uchun dezinformatsiyalar ko‘payib borayotgan sharoitda ishonchli manbani aniqlash uchun ijtimoiy tarmoqlar vositalarini taqdim etish;
⚫️Raqamlashtirish davrida milliy tilda OAVni saqlab qolish masalalari;
⚫️Dezinformatsiyaga qarshi kurashish strategiyalari;
⚫️Raqamlashtirish tahdidlari;
⚫️Moliyaviy barqarorlik va OAVni samarali boshqarish kabi mavzularda qizg‘in muzokara va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, mintaqaviy forum ertaga ham davom etadi. Ertangi tadbirlarda jurnalistlar va axborot xavfsizligi yuzasidan tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali
- Qo'shildi: 08.05.2024
- Ko'rishlar: 1555
- Chop etish