Bugun biz globallashuv asrida allaqachon hayotimizga kirib kelgan va izlanishlar natijasida yanada rivojlanib borayotgan media dunyosida yashamoqdamiz. Agar kundalik hayotimiz davomida biz duch keladigan birgina ma’lumot sifatli va ishonchli bo‘lmasa, nafaqat kayfiyatimiz yoki ruhiy holatimizga ta’sir qiladi, balki bir muddat ongimizni boshqarib, ma’lum bir iqtisodiy, siyosiy manfaatlar ko‘zlangan g‘oya ortidan yetaklashi ham turgan gap.
Buni bir tomondan axborot manipulyatsiyasi deb ham tushunish mumkin.
Mediasavodxonlik esa iste’molchilarga bugungi kunda tarqalayotgan har bir ma’lumotning haqqoniyligi va ishonchliligini aniqlashni, saralashni, sodda qilib aytganda bizning milliy g‘oyalarimizga zid bo‘lgan turli yot qarashlarni singdiradigan axborotlardan himoyalanishin o‘rgatadi. Shu bois aslida Mediasavodxonlik deyilganda – ommaviy axborot vositalari bo‘yicha savodxonlik nazarda tutilsada, naqafat jurnalist va blogerlarning, balki butun jamiyat fuqarolarining mediasavodxonligini oshirish taqozo etilmoqda.
Xo‘sh, bu qanday amalga oshiriladi?
Axborot manipulyatsiyaga tushib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor berishimiz zarur?
Mediahujum nima?
Faktcheknet.uz platformasi bosh muharriri Dilfuza Mirzahmedova bilan bo‘lgan suhbatimiz davomida aynan shular xususida gaplashdik.
M.Eshmirzayeva, U.To‘xtayev, O‘zA
- Qo'shildi: 15.02.2024
- Ko'rishlar: 2924
- Chop etish