Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish elektron shaklga oʻtkazildi

Xususiy tashkilotlar xodimining mehnatga layoqatsizlik varaqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini olish uchun Mehnat.uz axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy taʼminotiga integratsiya qilingan boʻlishi lozim.

2022-yil 1-sentyabrdan Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yurtimizda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish test-rejimida amaliyotga tatbiq etilgan edi.

Hozirga kelib, bu jarayonlar toʻliq yakunlanib, 2024-yil 1-yanvardan respublikaning barcha hududlarida mehnatga layoqatsizlik varaqalari va maʼlumotnomalarini faqat elektron shaklda rasmiylashtirish belgilandi.

Kasallik varaqalarini shakllantirishda 2 ta rol belgilangan:

  • Yaratuvchi (mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuritishga masʼul tibbiy xodimlar: IT-operator hamshira, bosh hamshira yoki boshqa tibbiy xodim);
  • Tasdiqlovchi (bosh shifokor, uning oʻrinbosari, mudir).

Shuningdek, hozirda respublika tashkilotlari, xususiy klinikalar, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida boʻlmagan boshqa vazirlik va idoralar tibbiy qismlarining rasmiy murojaati boʻyicha ularga tasdiqlash rollari berilyapti.

Tizimga kiritilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” (my.gov.uz) axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy taʼminotiga elektron shaklda yuboriladi.

Xususiy tashkilotlar xodimining mehnatga layoqatsizlik varaqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini olish uchun Mehnat.uz axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy taʼminotiga integratsiya qilingan boʻlishi lozim.

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech